12:55 / 11.02.2018
4 066

«Begona» tajriba: simyog‘ochga e’lon yopishtirganlar jazolanadi!

«Begona» tajriba: simyog‘ochga e’lon yopishtirganlar jazolanadi!
O‘z shaharlari jozibadorligini oshirishga e’tibor qaratgan Kiyev kengashi (Ukraina) simyog‘ochlarga reklama e’lonlarini yopishtiruvchilarga qarshi kurashishga qaror qildi.

Yangi qoidalar reklama varaqlarini simyog‘ochlardan tashqari ko‘cha chiroqlari, devorlar, binolar fasadlariga joylashtirishni ham man etadi. Muqobil taklif sifatida maxsus axborot stendlari va doskalarini o‘rnatish ko‘zda tutilyapti, deyiladi Kiyev shahar kengashi matbuot xizmati xabarida.

Shunga qaramasdan, kimda-kim «tizimga qarshi chiqib» ruxsat etilmagan joylarga o‘z reklamasini yopishtirib ketaversa, qoidabuzarlarga o‘sha reklama e’lonida ko‘rsatilgan telefon raqami orqali chiqilib, ma’muriy jarimani to‘lash talabi qo‘yiladi. To jarima to‘lanmagunicha, «reklamachilar» tarmoq bandligidan potensial mijozlari bilan bog‘lana olishmasligi uchun, har bir necha daqiqada ularning telefonlariga avtomatik ravishda qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilaveradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Begona» tajriba: simyog‘ochga e’lon yopishtirganlar jazolanadi!