10:32 / 06.03.2018
6 540

Lola Karimovani prezidentlik lavozimidan kechishga nima majbur qildi?

Lola Karimovani prezidentlik lavozimidan kechishga nima majbur qildi?
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti Lola Karimova-Tillyayeva joriy yilning 2 fevral kuni O‘zbekistonning YUNЕSKOdagi doimiy vakili lavozimini boshqa egaga topshirgan edi. Navbat gimnastika federatsiyasidagi kursisiga!

Gap shundaki, Lola Karimova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali federatsiyasi prezidentligidan ketishga majbur bo‘layotgani haqida yozgan. Uni kim yoki nima lavozimdan kechishga majbur qilinayotgani aytilmagan.

Suratga “Kuni-kecha Los-Anjelesda Ser Elton Jonning OITSga qarshi kurash Fondi tomonidan tashkil etilgan xayriya kechasida”, deya izoh berib, shunday yozadi:

“Men ushbu post orqali mana, 13 yillik faoliyatimdan so‘ng, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidentligi lavozimini tark etishga majbur ekanligimni e’lon qilmoqchiman. Men barcha sportchilarimiz, federatsiyaning butun murabbiylar jamoasi hamda barcha ishchi xodimlariga a’lo bajarilgan faoliyatlari, ushbu sport turini yuqori darajaga ko‘tarishdagi hissalari, uning rivojlanish yo‘lida tinimsiz mehnatlari hamda g‘ayratlari uchun chin dilimdan tashakkur bildirmoqchiman. Osiyo Gimnastika Ittifoqining fahriy Prezidenti lavozimini saqlab qolgan holda, men ushbu ajoyib sport turining ashaddiy muhlislaridan bo‘lib qolaman hamda bizning o‘zbek gimnastlarimizga kelgusi faoliyatlarida omad va g‘alabalar tilayman!”
Lola Karimova-Tillyayeva otasining tavallud kunida uning qabri boshiga bora olmasligini yozgandi. Jamoatchi ayni damda xorijda, yanada aniqrog‘i AQSHda qolmoqda. Voqealar rivojini kuzatamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimovani prezidentlik lavozimidan kechishga nima majbur qildi?