12:34 / 03.05.2018
7 445

Shavkat Mirziyoyev 22 ming dollar bilan qo‘lga tushgan hokim yordamchisi haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev 22 ming dollar bilan qo‘lga tushgan hokim yordamchisi haqida gapirdi
Foto: «O‘zbekiston 24»
O‘zbekistonda hokimliklar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari maoshini oshirish, turmush sharoitini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Norin tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo».

Davlat rahbari bu mazkur tizimlarda uchrayotgan poraxo‘rlik, tamagirlik holatlarining oldini olish uchun zarurligini ta’kidladi.

— Yaqinda bir tuman hokimining yordamchisi 22 ming dollar bilan qo‘lga tushdi. Bu qanaqa gap? Hokimlikda ishlaydigan mas’ul xodim firibgarlik bilan shug‘ullanib yurgan bo‘lsa. Bunday holatlarga uzil-kesil chek qo‘yish kerak, — dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Umurbek Otanazarov ikki kishini Janubiy Koreyaga shartnoma asosida ishga yuborishini aytib, 8 ming dollar olayotgan paytda ushlangandi. Surishtiruv davomida uning 12 nafar fuqarodan oldinroq xuddi shu yo‘l bilan jami 22 ming 400 dollar olgani aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev 22 ming dollar bilan qo‘lga tushgan hokim yordamchisi haqida gapirdi