Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan fuqarolarga amaldagi bojxona qoidalariga rioya qilish, o‘zlari bilan olib o‘tayotgan tovar va naqd xorijiy valyutalarni to‘g‘ri deklaratsiyalashlari uchun bojxona postlarida axborot hududlari tashkil etilgan bo‘lib, axborot peshtaxtalari barcha uchun qulay va ko‘rinarli joylarga joylashtirilgan. Ammo, bojxona qoidalariga rioya qilmaslikning oqibati fuqaro A.B.ga qimmatga tushdi.
“Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatga yo‘l olgan ushbu fuqaroni bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida u o‘z yonida yashirilgan ashyolar yo‘qligini ma’lum qilgandan so‘ng xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Natijada, A.B. egnidagi ichki kiyimi ichiga jami 11 886 AQSh dollarini yashirib, noqonuniy ravishda respublika hududidan olib chiqib ketmoqchi bo‘lganligi oshkor bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda. Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi