20:50 / 30.05.2018
4 255

Odil Ahmedov o‘zi borgan bog‘chaga tashrif buyurdi (foto)

Odil Ahmedov o‘zi borgan bog‘chaga tashrif buyurdi (foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Namangan viloyatidagi №29 va №9 bog‘chalarga tashrif buyurdi.

1 iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘FA tomonidan ko‘plab tadbirlar reja qilindi. Ahmedovni Xitoydagi kichik tanaffusdan foydalanib o‘z Vatanida bo‘lishidan unumli foydalangan holda bolalar uchun quvonchli bo‘lgan tadbirni tashkil etdik.

“Bola boshidan deb bejizga aytishmaydi. Hozir bog‘chaga kelib yoshligimni esladim. Bolalarning quvonchini ko‘rib beixtiyor quvonasan kishi. Sportga ularni yoshligidan qiziqtirishimiz kerak deb o‘ylayman. O‘ylashimcha bu bolajonlardan kelajakda albatta yaxshi futbolchilar chiqadi va O‘zbekiston terma jamoasi safida to‘p tepish baxtiga sazovor bo‘ladilar”, - deydi Odil Ahmedov.

Ahmedov yana 3 kun davomida O‘zbekistonda bo‘ladi va Kubok o‘yinini o‘tkazish uchun Xitoyga uchib ketadi. Undan avval Toshkentda ham bolalar kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Odil Ahmedov o‘zi borgan bog‘chaga tashrif buyurdi (foto)