Foto: Buxoro IIB
Buxoro shahrida yashovchi ayol Buxoro viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza orqali murojaat qilib, Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ishlaydigan “Ibod” ismli o‘qituvchi qizi Sh. Karimovani ushbu institut qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kiritish evaziga 300 AQSh dollari pora talab qilyotganligini ma’lum qilgan.
Buxoro viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda viloyat IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida 1983 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi Sohibov Ibodullo Adizmurodovich hamda uning sherigi 1981 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan hozirda Buxoro muhandislik-texnologiya institutida mashinasozlik fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan Barakayev Faxriddin Najmiddinovich Buxoro shahridagi “Turon” to‘yxonasi oldida joylashgan oshxonada arizachidan 300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Buxoro viloyat IIB xabariga ko‘ra, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi