Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 63,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 25,1 mln nafarga ko‘p.
2024 yilning yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 700,8 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan bo‘lib, 2023 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 64,7 foizga oshgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing