3 486
Endi Jahongir Ortiqxo‘jayevga ijtimoiy tarmoqlardagi shikoyatlarga munosabat bildirib boradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayevga fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlariga munosabat bildirish mas’uliyati yuklandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent shahar hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga ko‘plab murojaat va shikoyatlar kelib tushmoqda. Ularning ko‘pchiligi obodonlashtirish va uy-joy xo‘jaligi masalalariga taalluqlidir. Xususan, fuqarolardan Facebook sahifasi orqali kuni davomida 20ga yaqin murojaatlar qabul qilinmoqda. Ular tegishliligicha o‘rganilib, murojaat egalariga javob berilishi ta’minlangan.
Shuningdek, Matbuot xizmatining telefon raqamiga ham kun davomida 10ga yaqin murojaatlar kelib tushmoqda. Olingan barcha konstruktiv murojaatlar tegishli muassasalarga yo‘llanmoqda. Jumladan, Facebook orqali kelib tushgan Chilonzor tumani “Olmazor” metro bekati yonida noorganik chiqindilar to‘planib qolgani haqidagi fuqaro shikoyati matbuot xizmati tomonidan tezkor ravishda ko‘rib chiqilgan va tegishli xizmatlar yordamida joyida bir kunda hal etilgan.
Haftaning har shanba kuni Toshkent shahar hokimligida “Investorlar kuni” o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Birgina, birinchi uchrashuvning o‘zidayoq qiymati 8 trln so‘mdan ziyodlik 70 ta loyiha tasdiqlandi. Jalb qilingan investitsiyalar hajmi 894,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi