17:23 / 01.09.2018
7 834

Bugungi katta mushakbozlikni 15 ta bogʻda onlayn koʻrish mumkin

Bugungi katta mushakbozlikni 15 ta bogʻda onlayn koʻrish mumkin
Bugun, 1 sentyabr kuni 21:00 dan 21:16 ga qadar Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram mushakbozligi qilinadi. Mushakbozlik Toshkent istirohat bogʻlari va maydonlarida translyatsiya qilinadi, deb yozmoqda Xabar.uz.

Poytaxtliklarga qulaylik yaratish maqsadida hodisa Toshkentning har bir tumanida joylashgan xiyobon va maydonlarida oʻrnatiladigan katta ekranlarda namoyish etiladi.

Maʼlum qilinishicha, translyatsiya qilinadigan hududlarga avtobuslar fuqarolarni bepul eltib qoʻyadi.

Mushakbozlik namoyish etiladigan joylar roʻyxati:

“Quyoshcha nuri” istirohat bogʻi (Bektemir tumani);

Furqat bogʻi (Mirobod tumani);

Mirzo Ulugʻbek bogʻi (Mirzo Ulugʻbek tumani);

Bobur nomidagi ekopark (Mirzo Ulugʻbek tumani);

Grean Park (Sergeli tumani);

Abdulla Qodiriy bogʻi (Olmazor tumani);

“Bogʻishamol” bogʻi (Uchtepa tumani);

Gʻafur Gʻulom bogʻi (Chilonzor tumani);

“Anhor Lokomotiv” bogʻi (Shayxontohur tumani);

Doʻstlik bogʻi (sobiq Bobur bogʻi) (Yakkasaroy tumani);

“Doʻstlik” bogʻi (Yashnobod tumani);

“Xalqlar doʻstligi” saroyi qarshiidagi maydon (Chilonzor tumani);

Amir Temur shox koʻchasi boʻylab, Intrenational Hotel mehmonxonasi qarshisi (Yunusobod tumani);

Milliy bogʻga kirish joyi Furqat koʻchasi boʻylab (Chilonzor tumani);

Milliy bogʻda Yozuvchilar xiyoboniga kirish, Bunyodkor shoh koʻchasi boʻylab (Chilonzor tumani).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugungi katta mushakbozlikni 15 ta bogʻda onlayn koʻrish mumkin