20:30 / 29.09.2018
4 369

Xorijda ishlashga ketayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Xorijda ishlashga ketayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, fuqarolarning roʻyxatdan oʻtishlari ixtiyoriy hisoblanadi va elektron shaklda amalga oshiriladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun fuqaro tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish hakining bir barobari miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.

Fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy veb-sayti orqali agentlik elektron bazasida roʻyxatdan oʻtadi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga eng kam ish haqining toʻrt yarim baravari miqdorida yillik sugʻurta toʻlovlarini ixtiyoriy ravishda toʻlash tartibi joriy etiladi, bunda toʻlovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qoʻshiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron bazasida roʻyxatdan oʻtgan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan plaskart va umumiy vagonlarga temir yoʻl chiptalariga hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tomonidan fuqarolar uchun ekonom klass aviachiptalarining narxlariga 20 foiz chegirmalar taqdim etiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron bazasida roʻyxatdan oʻtgan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga “Aloqabank” AK tomonidan soddalashtirilgan ochish shartlari, xizmat koʻrsatish uchun minimal vositachilik haqi va “nol” summadagi kafolat depoziti bilan “VISA-migrant” bank plastik kartalari chiqariladi va xizmat koʻrsatiladi, shuningdek yiliga bir marotaba bir martalik temir yoʻl va aviachiptalar olish uchun boʻlgan xarajatlar 2018-2019 yillarda 300 ming soʻmgacha miqdorda qisman qoplanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijda ishlashga ketayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi