Jizzax viloyat Moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.K 1200 AQSH dollari va 4 mln. soʻm pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Jizzax viloyat huquqni muxofaza qiluvchi organlariga tayanib sangzor.uz xabar berdi.
Jizzax shahrida roʻyxatdan oʻtkazilgan “Dilorom-Shaxrizoda” MCHJning Paxtakor tumanidagi ”Shodlik” maktabgacha taʼlim muassasasida amalga oshirilgan qurilish ishlari boʻyicha 2018 yil fevral oyida viloyat nazorat taftish boshqarmasi tomonidan tekshiruv oʻtkazilgan.
Tekshiruv natijasida, aniqlangan 36 mln. soʻmlik kamomadni yopib berish evaziga Jizzax viloyat Moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.K, firma rahbari X.Xdan 1200 AQSH dollari va 4 mln. soʻm pullarni pora sifatida olgan. Bundan tashqari, Sh.K oʻz hovlisida hammom quraman deb, X.Xdan 1000 dona shlakoblok, 1 tonna sement va 12 dona shifer olgan.
Ammo viloyat Moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.K, "Dilorom-Shaxrizoda” MCHJning kamomadini yopa olmagach olgan pullarini bir qismi 1,5 mln. soʻmni moliya boshqarmasi arxivariusi E.G orqali X.Xga 2018 yil sentyabr oyi boshida qaytarayotgan vaqtida viloyat DXX boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda jinoyat ustida qoʻlga olingan.
Hozirda, Sh.Kga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va qamoqqa olinib, tergov harakatlari olib borilayotgani maʼlum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi