15:21 / 09.10.2018
3 568

Endi yoʻllarda velosipedchilar uchun maxsus yoʻlkalar barpo etiladi

Endi yoʻllarda velosipedchilar uchun maxsus yoʻlkalar barpo etiladi
2019–2020 yillarda mamlakatimiz mintaqalarida velosiped yoʻlkalari tarmogʻini qurish rejalashtirilmoqda. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda, deb yozadi Norma.

Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2019–2020 yillardagi Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish koʻzlanmoqda:
  • mintaqaviy ahamiyatga molik umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining chegaralarida qurilishini nazarda tutuvchi velosiped yoʻlkalarini qurishning manzilli roʻyxati;
  • bogʻlar, istirohat bogʻlarida velosiped yoʻlkalarini qurishning manzilli roʻyxati.

Bundan tashqari, mintaqalar hududiga kirishni taʼminlovchi mintaqaviy ahamiyatga molik umumiy foydalaniladigan magistral avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish uchun topshiriqlarni tayyorlash chogʻida bundan buyon belgilangan tartibda ushbu yoʻllarning ajratilgan mintaqa doirasida velosiped yoʻlkalari qurilishini nazarda tutish taklif etilmoqda.

Koʻzlangan rejalarni amalga oshirishni Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshirish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, mahalliy velosipedlar ishlab chiqarishni kengaytirish koʻzlangan. Xususan, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida velosiped ishlab chiqaruvchi “Ya Mei Gong Ye Yuan” MCHJ XKni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi yoʻllarda velosipedchilar uchun maxsus yoʻlkalar barpo etiladi