date
views 6 694

Samarqand tungi klublarida o‘tkazilgan reydlar davomida voyaga yetmagan qizlar ushlandi

Samarqand tungi klublarida o‘tkazilgan reydlar davomida voyaga yetmagan qizlar ushlandi
Samarqand shahridagi «Remiks» tungi klubida 2002 yilda tug‘ilgan, Samarqand tumani «Konigil» mahallasida yashovchi, Samarqand tumanidagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan N.D. spirtli ichimliklarni iste’mol qilib o‘tirganligi aniqlangan.

O‘rganishlar jarayonida N.D.ning ota-onasi 2016 yilda ishlash uchun Rossiyaga ketgani aniqlangan. Voyaga yetmagan N.D.ni nazoratsiz qoldirgani uchun uning bobosiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, chora ko‘rish uchun Samarqand tumani hokimligi huziridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasiga yuborilgan.

Shuningdek, N.D.ni tungi klubga olib kelgan, 1995 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahar 2531 sonli avtokorxonasi 1-yo‘nalish avtobus haydovchisi A.B.ga nisbatan voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlarga jalb qilganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-moddasiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha «Remiks» tungi klubning ish boshqaruvchisi, 1992 yilda tug‘ilgan X.Sh.ga nisbatan voyaga yetmagan shaxsni tungi klubda bo‘lishiga yo‘l quyganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-2-moddasiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Reyd davomida «Remiks» tungi klubda 4 nafar shaxslar belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan o‘yinchilik faoliyati bilan shug‘ullanib yurganligi ham aniqlangan. Xususan, 1999 yilda tug‘ilgan Ya.S. va J.K., 1997 yilda tug‘ilgan B.P., 1985 yilda tug‘ilgan B.G. hamda tungi klubda belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan didjey faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan 1994 yilda tug‘ilgan N.U.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165-moddasiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Samarqand shahridagi «Ligrand» tungi klubi tekshirilganda ushbu tungi klubda 7-nafar shaxslar belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan o‘yinchilik faoliyati bilan shug‘ulanib yurganligi aniqlangan. Xususan, 1998 yilda tug‘ilgan Ch.N., 1994 yilda tug‘ilgan B.D. va F.N., 1985 yilda tug‘ilgan T.G., 1989 yilda tug‘ilgan A.N., 1986 yilda tug‘ilgan Ch.V. va 1988 yilda tug‘ilga Ch.E.ga nisbatan «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi viloyat bo‘limi tomonidan tegishli xulosalar berilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165-moddasiga asosan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Tadbir davomida olti nafar fuqaroga nisbatan jamoat joyda spirtli ichimliklar iste’mol qilganliklari uchun ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

O‘rganish jarayonida Samarqand shahridagi «Gegobayt» kompyuter o‘yinxonasida voyaga yetmagan, 2000 yilda tug‘ilgan, Samarqand turizm kasb-hunar kollej o‘quvchisi M.T. kompyuter o‘ynab o‘tirganligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha «Gegobayt» kompyuter o‘yinxonasining ish boshqaruvchisi, 1988 yilda to‘g‘ilgan Sh.M.ga nisbatan tungi vaqtda voyaga yetmagan shaxsni kompyuter o‘yinlari xonasida bo‘lishiga yo‘l quyganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-2-moddasiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Voyaga yetmagan M.T. onasi M.Ye. o‘z farzandini tungi vaqtda qarovsiz va nazoratsiz qoldirganligi sababli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, chora ko‘rish uchun Samarqand shahar hokimligi xuziridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasiga yuborilgan.

Shuningdek, Samarqand shahridagi «Safron» tungi klubida o‘tkazilgan reyd davomida 1998 yilda to‘g‘ilgan, Samarqand chet tillar institutining 1-bosqich talabasi T.A., 2000 yilda tug‘ilgan, vaqtinchalik ishsiz, A.A., 1999 yilda tug‘ilgan, Samarqand davlat universitetining 1-bosqich talabasi X.M., 1999 yilda tug‘ilgan, vaqtinchalik ishsiz A.J. belgilangan vaqtdan o‘tgan bo‘lsa-da tungi klubda yurganligi aniqlangan.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida yuqoridagi maskanlarning birortasi sanitariya holatiga javob bermasligi aniqlangan. Xususan, «Safron» tungi klubida xodimlar maxsus ish kiyimlarisiz faoliyat yuritib, oshxona sanitariya talablariga javob bermaydi. «Ligrand» tungi klubining oshxonasi antisanitariya holatida, soat 23:00 dan keyin faoliyat olib borishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmagan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan ko‘p sonli yosh qizlarni norasmiy ishga qabul qilgan. «Remiks» tungi klubi tegishli hujjatlarni taqdim qila olmadi.

Soliq organlari tomonidan tegishli nazorat ishlari tashkil etilmaganligi natijasida ba’zi bir tadbirkorlar tomonidan o‘zboshimchalik qilish, mensimaslik, noqonuniy faoliyat yuritish holatlari yuzaga kelmoqda.

«O‘tkazilgan reyd davomida ‘Remiks’ tungi klubi ishchilari tomonidan ishchi guruhining faoliyatiga ta’sir o‘tkazish maqsadida qarshilik ko‘rsatish holatlari yuzaga keldi. Ushbu maskanlarga tashrif buyurayotgan mijozlar oshxonalardagi sanitariya holati bilan biror marotaba qiziqib ko‘rmagan. Bundan-da achinarlisi, ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarining kunduzi internet-klublarda, kechasi tungi klublarda maqsadsiz daydib, alkogol va tamaki iste’mol qilib yurganligidan, afsuski, xabari yo‘q», — deydi Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi bosh mutaxassisi G‘ofurjon Bobobekov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand tungi klublarida o‘tkazilgan reydlar davomida voyaga yetmagan qizlar ushlandi