Otasiga aliment to‘lamay yurgan farzand qamaldi
1 daqiqa o'qish270

Samarqandda ota-onasiga aliment to‘lash majburiyatini bajarmagan farzandga qarshi chora ko‘rildi. Oqdaryo tumanidagi sud qaroriga ko‘ra, E.X. otasiga oylik daromadining 50 foizi miqdorida aliment to‘lash majburiyatiga ega bo‘lgan. Ammo farzand aliment to‘lashdan bosh tortgani uchun, 1 dekabr kuni Samarqand viloyati sudi unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Oila kodeksining 109-moddasiga ko‘ra, voyaga yetgan farzandlar ota-onasiga ta’minot berish va g‘amxo‘rlik qilish majburiyatiga ega.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…