
Yaqin kelajakda Jizzax viloyatida turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy qiymati $2 milliard bo‘lgan loyihalar amalga oshiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat Kengashi sessiyasida ma’lum qildi.
Mazkur loyihalar doirasida Zaamin, Forish, Arnasoy tumanlari va Jizzax shahrida 500 dan ortiq yangi obyektlar tashkil etiladi. Zaamin va Arnasoydagi dam olish zonalari bir yil ichida ishga tushadi.
Ushbu zonalarning loyihalariga $300 million investitsiya yo‘naltirildi va hududlarda aeroportlar qurildi. Davlat rahbari hududdagi avtomobil sanoati rivojlanishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Jizzax politexnika institutida muhandislik fakulteti ochildi va bu yerda har yili 300 nafar yosh mutaxassis tahsil oladi. "Avtomobil sanoati haqida gap ketganda, ilgari faqat Asaka yodga tushardi.
Bugun esa Jizzaxda hamkorlarimiz bilan yiliga 175 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod tashkil etdik", — dedi prezident.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.