
Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone «Barselona» vingeri Rafinya Diasning oʻyinidan hayratda ekanini bildirdi. Braziliyalik futbolchi «koʻk-anorranglilar»ga «Atletiko» ustidan muhim gʻalaba (3:1) qozonishda yordam berdi va gol urishga muvaffaq boʻldi.
«Rafinya – ajoyib futbolchi. U istalgan pozitsiyada oʻynay oladi: vinger, yarim himoyachi, hujumchi, hatto qanot himoyachisi sifatida ham.
U gol uradi, imkoniyatlar yaratadi, raqibni bosim ostida ushlaydi va maydon boʻylab koʻp harakat qiladi. Qanday qilib u «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritmaganini tushunolmayman», – dedi Simeonening soʻzlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib oʻtamiz, Rafinya «Barselona» va «Atletiko» oʻrtasidagi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 28 yoshli futbolchi «Oltin toʻp»-2025 sovrini uchun ovoz berishda beshinchi oʻrinni egallagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.