date

Maksi Lopes: Ikaridi shapaloqqa loyiq edi


Sobiq argentinalik hujumchi Maksi Lopes Vanda Naraning unga nisbatan xiyonati va bu voqeada Mauro Ikaridi ishtirokini eslab oʻtdi. Lopesning soʻzlariga koʻra, u Ikaridi Italiyaga kelganida oʻz uyida qabul qilgan va unga yordam bergan.

"Men unga yordam berdim. Oldin menga ham yordam berishgan.

Biz uchun bu oddiy holat. Lekin men hech qachon birovga qoʻl koʻtarmaganman.

Ammo Ikaridi, albatta, shapaloqqa loyiq edi, ayniqsa, u keyinchalik mening bolalarimni bu mojaroga aralashtirgani uchun," – dedi Maksi Lopes derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, hozirda Mauro Ikaridi Turkiyaning "Galatasaray" klubida toʻp surmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maksi Lopes: Ikaridi shapaloqqa loyiq edi