
Angliya chempionatining oʻn toʻrtinchi turida "Manchester Siti" safarda "Fulxem"ni yirik hisobda magʻlub etdi. Har doimgidek, norvegiyalik hujumchi Erling Xoland ham oʻz golisiz maydonni tark etmadi.
Ajablanarli tomoni, bu safar u faqat bitta gol urishga erishdi. Biroq, bu gol Xoland uchun Angliya Premer-ligasidagi umumiy faoliyati davomida 100-gol boʻldi.
U bu natijaga APLdagi toʻrtinchi mavsumida yetdi. Norvegiyalik futbolchi APL tarixida bu nufuzli marrani zabt etgan 35-oʻyinchiga aylandi.
APL toʻpurarlari roʻyxatida birinchi oʻrinni 260 ta gol bilan Alan Shirer egallaydi. Uzoq vaqt davomida uni Garri Keyn taʼqib qilib kelgan edi, biroq 2023-yilda "Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Bundesligaga koʻchib oʻtdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.