
Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Madridning Atletiko klubi ustidan (3:1) qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuvning 19-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo o‘z ustunligini saqlab qola olishmadi.
Barselona safida Rafinya 26-daqiqada, Dani Olmo 65-daqiqada va Ferran Torres 97-daqiqada gol urib, jamoasiga muhim g‘alaba keltirdi. "Fantastik o‘yin.
Biz kuchli raqibga qarshi kurash olib bordik va ularni mag‘lub eta oldik. O‘yinni nazorat qilish va chiziqlar orasida bo‘shliq topish biz uchun juda muhim bo‘ldi.
Bu bizning joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri edi – biz bir butun jamoa kabi himoyalandik. Men juda mamnunman.
Bugungi g‘alaba jamoaga ishonch bag‘ishlaydi," – dedi Flik Barca Universal nashriga bergan intervyusida. Mazkur g‘alabadan so‘ng Barselona La Liga jadvalida 37 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Madridning Real jamoasi 33 ochko bilan ikkinchi, Vilyarreal 32 ochko bilan uchinchi, Atletiko esa 31 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.