
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona"ga qarshi o'yinda hujumchi Xulian Alvaresning harakatlariga baho berdi. "Matraschilar"ning yetakchi hujumchisi "Kamp Nou"da 1:3 hisobidagi mag'lubiyatdan qochishda jamoasiga yordam bera olmadi.
Argentina vakili faqat bir marta darvozaga zarba yo'lladi va 12 ta kurashning faqat ikkitadan g'olib chiqdi. "Xulian ham ba'zan sust o'ynashi mumkin.
Axir, u ham inson, har qanday o'yinchida muvaffaqiyatsiz kun bo'lishi mumkin", – dedi Simeone "The Touchline"ga bergan izohida. "Atletiko"ning yagona golini 19-daqiqada Aleks Baena kiritdi.
"Barselona" tarkibida esa 26, 65 va 97-daqiqalarda Rafinyo Dias, Dani Olmo va Ferran Torres gol urdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.