date

Gimaraesh: "Ko'nglimiz qolgan"


"Nyukasl" Angliya chempionatining 14-turida "Tottenhem"ga qarshi o‘yinda ikki marta hisobda oldinda bo‘lsa-da, ikki marta gol o‘tkazib, uch ochko o‘rniga faqat bir ochko bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. Jamoa sardori Bruno Gimaraesh uchrashuv natijasidan qoniqmaganini yashirmadi.

"Bu o‘yin haqida gapirish juda qiyin. Hammamiz juda ko‘nglimiz qoldi.

Oddiy vaziyatda to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtira olmadik. Ammo umidsizlikka tushib bo‘lmaydi, bu vaziyatni o‘zgartirishimiz kerak.

O‘yinning oxirida bunday gollarni o‘tkazmaslikka harakat qilishimiz zarur", – dedi Gimaraesh BBC Sport bilan suhbatda. Hozirda "Nyukasl" Angliya chempionati turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gimaraesh: "Ko'nglimiz qolgan"