10:28 / 20.11.2018
3 743

Sarmoya kiritish kerak bo‘lgan eng muhim soha qaysi?

Sarmoya kiritish kerak bo‘lgan eng muhim soha qaysi?
19 noyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan «Wyndham» mehmonxonasida «Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashda innovatsion ta’lim muhitining o‘rni» mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim sohasida innovatsion ta’lim muhitini tadqiq va tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Innovatsion ta’lim muhiti sharoitida esa shaxsning ochilmagan qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Bu yerda ikkita muhim jarayon, ya’ni bola shaxsiyatining shakllanishi va taraqqiy etishi, hamda pedagoglarni innovatsion yondashuv asosida faoliyat yuritishga rag‘batlantirish ro‘y beradi.

«Raqobatbardosh maktabgacha ta’lim tizimini yaratish uchun unga yangicha boshqaruv tamoyillarini kiritish lozim. Ya’ni, bunda axborot, kadrlar, boshqaruv va moliyaviy resurslarining integratsiyalashuvi va hamkorligiga asoslangan tamoyillarni joriy etish talab etiladi. Maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘quv muhitini yaratish va shakllantirishning samarali mexanizmlarini joriy yetish nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yaxshilash va sog‘lom raqobat muhitini tezroq shakllantirishga yordam beradi», — dedi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

Anjumanda innovatsion ta’lim muhiti doirasidagi loyihalarni amalga oshiruvchi xalqaro ekspertlar so‘zga chiqdilar.

So‘zga chiqqanlar orasida ta’lim natijalarini yaxshilash va bolalarni aktiv faoliyatga jalb qilish maqsadida optimal o‘quv muhitini va undan foydalanish usullarini yaratish borasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan Solford universitetining faxriy professori, Oksford universitetining faxriy ilmiy xodimi prof. Piter Barrett bo‘ldi. Tadqiqotlar davomida u ilk bo‘lib, «aqlli sinf xonalari»ning ta’lim samaradorligiga va sifatiga ta’sir etishini so‘zlab berdi, bu borada u uch asosiy tushunchani: hissiyot, aql va muhitni ajratib ko‘rsatdi.

«O‘zbekistonning har bir uchinchi fuqarosi bola hisoblanadi va keyingi 20 yil ichida ular mamlakatning eng katta ishchi kuchiga aylanadilar. Mamlakat o‘z demografik imkoniyatlaridan foydalana olishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solib, hozirdanoq yosh bolalar bilimini oshirish uchun investitsiya kiritishi lozim. Xalqaro tajriba shuni qo‘rsatmoqdaki, yosh bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga kiritlgan oqilona sarmoya sifatida xizmat qilmoqda», — dedi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.

«Hukumat 2021 yilga kelib 6-7 yoshdagi bolalarning 100 foizini maktabgacha ta’lim bilan ta’minlashni rejalashtirgan. Bu yuqori va shu bilan birga to‘liq amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan maqsaddir. Jahon banki o‘zining global tajribasi va moliyaviy resurslaridan foydalangan holda, O‘zbekiston maktabgacha ta’lim sohasini isloh qilishda sa’y-harakatlarini ayamasligini bildiradi. Xususan, 2019 yilda Jahon banki bolalarga sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlash va maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga, jumladan, qishloq va shaharlarda t’lim olish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan loyiha uchun 55 million AQSh dollari ajratadi», — dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Anjumanda 400 nafardan ortiq kishi munozaralar va panelli muhokamalarda ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sarmoya kiritish kerak bo‘lgan eng muhim soha qaysi?