Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati
18 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenbayev boshchiligida Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mariya Liivala, Yuvyaskul amaliy fanlar universiteti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Yuvyaskul universiteti Global ta’lim xizmatlari menejeri Xeykki Pusa Finlandiyadagi ta’lim tizimi, faoliyat va yo‘nalishlar doirasida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari, sifatni ta’minlashdagi milliy tizimi, baholash va sifatni boshqarish jarayonlari haqida so‘zladi, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash va xizmat ko‘rsatish sohasida doimiy hamkorlik olib borish taklifini berdi, deb xabar qilmoqda inspeksiya matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunida ta’lim sifatini yuqori bosqichga ko‘tarishda O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi