Kecha Surxondaryo viloyati Termiz tumanida bir fuqaro o‘zini yoqib yuborgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuraturada bu holat 25 fevral kuni Termiz tumani, “Uchqizil” mahallasi At-Termiziy ko‘chasi markazida sodir bo‘lganligi ma’lum qilindi.
“Termiz tumani “Yangihayot” mahallasida yashovchi fuqaro B.E. o‘zi bilan olib yurgan 0.5 litr hajmdagi idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini ustiga sepib, zajigalka yondirg‘ich orqali olov berib o‘zini o‘zi yoqib yuborgan”, - deb ma’lum qilindi matbuot xizmatda.
Alanga oqibatida tan jarohati olgan B.E. Termiz tuman tibbiyot birlashmasining jonlashtirish bo‘limiga yotqizildi.
“Viloyat sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida, fuqaro B.E.ning tananing 15-20 % qismini I-II darajali alangadan termik kuyishi, yuqori haroratli alanga (olov) ta’sir mexanizmi natijasida yetkazilganligi, og‘irlik darajasiga ko‘ra “o‘rtacha” og‘irlikdagi tan jarohati deb baholangan”, - deb ta’kidlandi matbuot xizmatda.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Termiz tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi