Ijtimoiy tarmoqlar orqali talabalarga ta’lim muassasalari hududida bosh kiyim (ro‘mol, do‘ppi) bilan yurishga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunda asosan talaba-qizlarning ro‘mol o‘rashi masalasi oliy o‘quv yurti rahbariyati tomonidan alohida majlislarda ko‘rib chiqilgani haqida axborot berilgan.
Lekin bu haqda rasmiy xabarlar chiqmadi. Shu munosabat bilan Azon.uz tahliliy portali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida bog‘landi.
OO‘MTVning Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Otabek Bozorovning ma’lum qilishicha, talabalarning ta’lim muassasasida kiyinish madaniyati masalasi oliy o‘quv yurti tomonidan tasdiqlangan ichki tartib-qoidalariga asosan belgilanadi. Shuningdek, boshqarma boshlig‘i ta’lim muassasalarining nizomlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan normalardan chetga chiqmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, vazirlik xodimi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimidagi biror bir oliy ta’lim muassasasida kiyinish madaniyati bilan bog‘liq yig‘ilish yoki uchrashuv bo‘lmaganligi, bu haqdagi xabarlar yolg‘on axborot ekanligini aytmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?