09:35 / 04.05.2019
3 820

Shaharlarda qurilayotgan ko‘p kvartirali arzon uylar kimlarga sotiladi?

Shaharlarda qurilayotgan ko‘p kvartirali arzon uylar kimlarga sotiladi?
Qonunchilikka muvofiq shaharlarda qurilayotgan ko‘p kvartirali arzon uylar yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotganlar va fuqarolarning boshqa toifalariga sotiladi, bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanali ma’lumot beradi.

Arzon uy-joylarga fuqarolarni biriktirish quyidagi mezonlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:

— o‘z uy-joyining yo‘qligi va ijara (arenda), bepul foydalanish shartlarida turar joyda yoki eskirgan uylarda yashash;
— bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashash;
— ko‘p bolali oila;
— ona (ota)ning to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalashi;
— ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;
— oila tarkibida birinchi guruh nogironi mavjudligi;
— turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;
— tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shaharlarda qurilayotgan ko‘p kvartirali arzon uylar kimlarga sotiladi?