Kecha, 29-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl yoqasida yonayotgan avtobus videosi tarqaldi. Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sodir boʻlgani aytilayotgan mazkur voqea yuzasidan ilk maʼlumot paydo boʻldi.
Samarqand transport boshqarmasi rahbari Inatilla Hamroyev oʻzining feysbukdagi sahifasida bu voqea haqida post qoldirdi.
“2019-yil 29-may kuni kech soat 19:00 larda Oqdaryo tumani M-37 yoʻlining 13-km.da «Siyovush Trans Servis” MCHJga tegishli haydovchi A.D. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli, davlat raqami 30 749 YAA avtobus Dahbed shaharchasidan Loyish shaharchasi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida yongʻin sodir boʻlib, avtobus yonib ketgan.
Mazkur yongʻin hodisasi tufayli yoʻlovchilar avtobusni tark etishga ulgurgan, jabrlanganlar yoʻq. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB YHXB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda»,- deyiladi postda.
Halokat xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslikdan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Samarqand viloyat transport boshqarmasi boshligʻi yuqoridagi posti oxirida yoʻlovchi tashish korxonalari rahbarlari va haydovchilarga murojaat qilib, yoʻl harakati xavfsizligi xamda texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilishni soʻragan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”