Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shahridagi «Qaldirg‘och» davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu bog‘cha No‘g‘oyqo‘rg‘on mahallasi aholisining og‘irini yengil qildi. Zero, bu yerda tashkil etilgan 4 asosiy va 3 qisqa muddatli guruhlarda 160 dan ziyod bolaga zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu yerda yozgi o‘yin maydonchasi, cho‘milish havzasi, futbol maydonchasi, sport va musiqa zallari tashkil etilgan, Xonalar rivojlantiruvchi o‘yinlar va ko‘rgazmali vositalar, bolalar o‘z iqtidorini namoyish etishi uchun zarur barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan. Bog‘chada 32 nafar mutaxassis ish bilan ta’minlandi.
Prezident bog‘chadagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, soha mutasaddilari va tarbiyachilar bilan suhbatlashdi. Mamlakat kelajagini ta’minlaydigan kadrlarni tarbiyalash maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanishi, yangi bog‘chalar qurish va bolalarni qamrab olishni kengaytirish orqali bunga zamin yaratilayotganini ta’kidladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi