Foto: Instagram / Otabek Umarov
O‘zbekiston Prezidentining kuyovi, Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov o‘zining Instagram’dagi sahifasida kenja qizi Ranianing suratini joylashtirib, o‘zbekistonlik barcha yoshlarni «Yoshlar kuni» bilan tabrikladi.
«Dunyoga kelajak avlod ko‘zi bilan boqsang uning naqadar beg‘uborligi, go‘zalligi va betakrorligini his qilar ekansan. Yoshlar qudratli bo‘ladi. Ular ulkan orzulari va xayollari bilan shiddatli oqimni o‘zgartirishga, osmono‘par inshootlarni yaratishga, hayotni yana-da go‘zallashtirishga, qo‘yingki, dunyoni zabt etishga qodir bo‘lishadi. Kelajak shu kabi jajji va barkamol avlod qo‘lida. Xudo xohlasa bizning tinch va masrur keksalik gashtimizni ham ular ta’minlab berishadi. Farzandlarimizning rang-barang, go‘zal hayot yo‘li va keksalik yoshiga tinchlik bilan yetib borishiga bugun biz masulmiz. Yoshlar kuni bilan barcha navqiron avlodni — O‘zbekiston kelajagini samimiy qutlayman!», — deb yozadi Otabek Umarov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi