17:01 / 04.07.2019
3 376

«Spark» avtomobili bilan 12 metr balandlikdan qulagan ayol omon qoldi

«Spark» avtomobili bilan 12 metr balandlikdan qulagan ayol omon qoldi
Foto: FVV
Joriy yilning 1 iyul kuni soat taxminan 12:30larda Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N. «Spark» rusumidagi avtomobili bilan «Bo‘zsuv» kanaliga tushib ketgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Hodisaga aniqlik kiritilganda, fuqaro mashina boshqaruvi vaqtida to‘satdan hushidan ketgani ma’lum bo‘lgan. Natijada, 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr bo‘lgan «Bo‘zsuv» kanaliga qulagan. Mashina suvga to‘lgandan so‘ng, N.I. darz ketgan old oyna orqali chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, mashinani kanaldan chiqarib olishgan. Bu haqida fuqaro N.I. o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ko‘rsatilgan yordam uchun vazirlik vakillariga minnatdorlik bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Spark» avtomobili bilan 12 metr balandlikdan qulagan ayol omon qoldi