22:16 / 06.07.2019
3 420

DXX Afg‘onistonda qolgan andijonlik bolalarni O‘zbekistonga qaytardi

DXX Afg‘onistonda qolgan andijonlik bolalarni O‘zbekistonga qaytardi
Yot g‘oyalar ta’siriga tushib, noto‘g‘rini haq, deya qabul qiladiganlar ham yo‘q emas. Ana shundaylardan biri 1982 yili Andijon viloyatida tug‘ilgan Farhod Hamroqulov edi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Dastlab u ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga ketadi. Keyinroq turmush o‘rtog‘i Ra’no Hamroqulova va 3 nafar farzandi — 2003 yilda tug‘ilgan Bibioysha, 2005 yilda tug‘ilgan Sherzodbek hamda 2009 yilda tug‘ilgan Osiyoni o‘z oldiga chaqirib oladi. Ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan Farhod Hamroqulov oilasini olib, Ozarboyjon va Eron orqali Pokiston davlatiga boradi. U yerda ular «Turkiston islom harakati« xalqaro terroristik tashkilotiga qo‘shilib, bir necha yillar mobaynida sarson-sargardonlikda hayot kechirishadi.

2012 yil avgust oyida Farhod Hamroqulov Pokiston hukumati qo‘shinlarining terrorchilarga qarshi o‘tkazgan harbiy amaliyoti natijasida halok bo‘ladi. Uning o‘limidan so‘ng 3 nafar farzandi bilan beva qolgan Ra’no Hamroqulova 2013 yil «Turkiston islom harakati« terroristik tashkilotining boshqa bir a’zosi bilan shar’iy nikoh quradi.

2014 yilning kuzida esa ular Afg‘onistonga ko‘chib o‘tadi va qizi Rayyona tug‘iladi. Ammo 2018 yil Ra’no Hamroqulova sargardonlikda orttirgan og‘ir xastalikdan vafot etadi.

Davlat xavfsizlik xizmatning xorijiy hamkorlar bilan olib borgan say’-harakati tufayli 2018 yilning avgust oyida ota-onasiz qolgan bolalarning 2 nafari — Osiyo va Rayyona O‘zbekistonga olib kelinib, bobosi va buvisi qaramog‘iga topshiriladi.

Joriy yil may oyida Ra’no Hamroqulovaning Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi onasi Kimyoxon Jakbarovaning qolgan ikki nafar nabirasini qaytarish borasida yordam so‘rab Davlat xavfsizlik xizmatiga qilgan murojaatiga asosan kuni kecha Bibioysha va Sherzodbek ham yaqin qarindoshlari bag‘riga qaytarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Afg‘onistonda qolgan andijonlik bolalarni O‘zbekistonga qaytardi