So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 1 avgustdan ma’muriy jarimalar miqdori oshishi haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda, deya xabar beradi Adliya vazirligi.
Qonunchilikka muvofiq jarima huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Prezident farmoniga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan eng kam ish haqining 10 foizga oshishi belgilandi. Shunga ko‘ra, turli ma’muriy jarimalarning miqdorlari ham 2019 yil 1 avgustdan 10 foizga oshadi.
Bunda, jarimalar huquqbuzarliklar sodir etilgan vaqtdagi eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha to‘lanadi. Masalan, 28 iyul kuni haydovchiga transport vositasida harakatlanishda telefondan foydalanganligi uchun ma’muriy bayonnoma tuzildi. 1 avgustdan jarimalar miqdori o‘zgarishiga qaramasdan, mazkur haydovchi 60 kun ichida 28 iyulda amalda bo‘lib turgan jarimani (608 190 so‘mni) to‘lashi lozim bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi