19:17 / 28.07.2019
3 806

Uy-joyi buzilgan yakkabog‘liklarga 1 mlrd 700 mln kompensatsiya pullari to‘lab beriladi

Uy-joyi buzilgan yakkabog‘liklarga 1 mlrd 700 mln kompensatsiya pullari to‘lab beriladi
Bugun, 28 iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev yana bir bor Yakkabog‘ tumanida bo‘lib, «Eski Yakkabog‘» qo‘rg‘onchasida tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Tuman hokimligi vakillarining xo‘jalarcha harakatlaridan aziyat chekkan Nizom Vohidov, Dilfuza Boqiyeva, Farrux Jabborov hamda Zafar Jo‘rayevning xonadonida bo‘lgan hokim mavjud muammolarni joyida bartaraf etish ustida ish olib bordi. Uy-joyi buzilgan 7 nafar, hamda hovli devorlari buzilgan 27 nafar fuqaroga jami 1 mlrd 700 mln so‘m miqdoridagi kompensatsiya pullari to‘lanishi rejalashtirilgan.

Kun.uz nashri xabar berishicha, 28 iyul kuni tongda «Eski Yakkabog‘»da katta hashar tashkil etildi. Zarur texnikalar jalb etilib, hasharchilar va mahalliy aholi vakillari uchun osh tortildi. Hudud aholisi ijobiy o‘zgarishlarga o‘z hissasini qo‘shish uchun doimo tayyor ekanligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, «Eski Yakkabog‘»da 15 mingdan ziyod kishi istiqomat qiladi. Bu yerda 3ta - «Eski Yakkabog‘», «Mustaqillik» va «Ibn Sino» mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud. Hududda 1ta bolalar oromgohi, 3ta maktab, 1ta ixtisoslashtirilgan maktab internat, 2-sonli tuman markaziy shifoxonasi, tuman veterinariya bo‘limi, 1ta maktabgacha ta’lim muassasasi, «Eski Yakkabog‘» OXJ bozori, oilaviy poliklinika va boshqa tashkilotlar mavjud. 170dan ziyod savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va kommunikatsiya tizimlarida 220 nafardan ziyod tadbirkor faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegishli binoni ekskavator ruliga o‘tirib, o‘zi buzmoqchi bo‘lganida, tadbirkor uning ustiga benzin sepib, o‘t qo‘yib yuborgan edi.

Bu hodisa so‘nggi kunlarda internetda muhokamalar markazida bo‘ldi. Saytimizda ham mazkur holat bo‘yicha surishtiruv va tahliliy maqolalar e’lon qilindi.

27 iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev bo‘layotgan voqealar bilan yaqindan tanishish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida Yakkabog‘ tumaniga kelib, «Eski Yakkabog‘» qo‘rg‘onchasiga tashrif buyurgan va bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashgan, ularning muammo va murojaatlarini tinglagan, yakunda tadbirkorning do‘koni buzilmaydigan, moddiy zarar qoplanadigan bo‘lgandi.

Shu kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman hokimi Shohmurod Donayev va tuman prokurori Jamshid Xalilov ishdan olindi, hokim o‘rinbosari Mansur Tuymayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi.

27 iyul kuni DXX raisi Abdusalom Azizov ham «Eski Yakkabog‘» hududida bo‘lib, holat yuzasidan viloyat mas’ullari bilan muloqot qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy-joyi buzilgan yakkabog‘liklarga 1 mlrd 700 mln kompensatsiya pullari to‘lab beriladi