22:00 / 04.08.2019
4 962

Karim Bahriyev: "O‘zbekistonning birinchi parlamenti aksariyat faol a’zolari mamlakatni tark etgan, qamoqqa tashlangan, ... "

Karim Bahriyev: "O‘zbekistonning birinchi parlamenti aksariyat faol a’zolari mamlakatni tark etgan, qamoqqa tashlangan, ... "
Foto: Karim Bahriyev fotoarxivi
O‘zbekistonning birinchi parlamenti bir vaqtning o‘zida ham qahramon va ham ko‘p aziyat chekkan siyosiy institut hisoblanadi. Uning aksariyat faol a’zolari mamlakatni tark etgan, ko‘pchiligi qamoqqa tashlangan, bedarak yo‘qolgan yoki sirli ravishda vafot etgan. Bu haqda Karim Bahriyev Nozim Safariga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Intervyuda sobiq deputat, shoir va jurnalist hozirgi parlament faoliyatiga ham to‘xtalgan.

«Hozirgi parlamentdan fuqarolar ham, davlat ham rozi emas. Yangi prezidentning parlamentni jonlantirishga urinib qilgan harakatlari zoye ketdi — parlament jonlanmadi. Moslashuvchan shaxslar barcha parlamentda ham bo‘lgan, ammo vaqt o‘tishi bilan bunday odamlar bu yerdagi hamma joyni egallab olishdi. Ular davlatning yangi boshqaruviga tez moslashishni boshlashdi, yangi sharoitlarda yashab ketishni va jon-jahdi bilan qarsak chalishni o‘rganishdi.

Shuning uchun ham joriy yil oxirida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saylovlar juda muhimdir. Agar bizda o‘z tasavvurimizdagi parlamentni hosil qilishga yetarli siyosiy iroda bo‘lsa, unda parlamentga yangi kuchlarni, fuqarolik jamiyatining faol vakillarini, jasur, fikrlaydigan, tanqid qiladigan va yechim taklif qilayotgan, shu bilan birga muxolif odamlarni ham kiritishimiz zarur. Agar biz o‘zimizning to‘g‘riligimizga ishonsak, unda kimdan qo‘rqamiz? Agar shunday bo‘lmasa, men bilmadim.

Oruellning shunday so‘zlari bor: ‘Firibgar va o‘tkinchi odamlarga ovoz berganlar o‘shalarning qurboni hisoblanishmaydi. Ular o‘shalarga sherikdir’. Men bu fikrning haqligiga ishonaman».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karim Bahriyev: "O‘zbekistonning birinchi parlamenti aksariyat faol a’zolari mamlakatni tark etgan, qamoqqa tashlangan, ... "