Yurtimizda keng nishonlanadigan 1 oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Ayni paytda mamlakatimizda mazkur bayramni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda, deyiladi Xalq ta’limi vazirligi murojaatnomasida.
Mazkur jarayonda ba’zi sinflarning qo‘mita vakillari «o‘ta faollik» ko‘rsatmoqda. Ya’ni, o‘qituvchilarni bayram bilan tabriklash maqsadida pul yig‘imlarini tashkil qilish natijasida ayrim ota-onalar noroziligini keltirib chiqarish holatlari uchramoqda.
Xalq ta’limi vazirligi 1 oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayramida farzandlariga bilim va tarbiya berayotgan o‘qituvchilarni o‘z istak, imkoniyatlaridan kelib chiqib, tabriklayotgan ota-onalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Lekin o‘qituvchilarni tabriklash natijasida ota-onalar noroziligi kelib chiqishi kerak emas. Agarda kimning imkoniyati bo‘lmasa, boshqa faol ota-onalar tomonidan majburlash yoki ular nomidan umumiy sovg‘a qilish bahonasida majburiy pul yig‘ish noto‘g‘ri.
Xalq ta’limi vazirligi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda ota-onalar noroziligi bilan undiriladigan barcha yig‘im turlariga chek qo‘yish kerakligini eslatib o‘tadi. O‘qituvchilarni xursand qilmoqchi bo‘lsak, bayramni haqiqiy ko‘tarinki ruhda nishonlaylik va hech kimni norozi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaylik, deyiladi murojaatnomada. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti