Internet va ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan hozirgi asrda bir insonning qarashlari jamiyatning boshqa a’zolariga va hattoki, butun jamiyatga katta ta’sir etmoqda.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi masjidlar yopilar ekan, ayrim imomlar ishdan bo‘shar ekan, degan mazmundagi xabarlar keng tarqaldi.
So‘nggi yillarda respublikamizda 24 ta yangi masjid ochildi, deya xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.
Ular qatorida Qoraqalpog‘istondagi “Imom Eshon Muhammad”, Toshkent shahridagi “Suzuk ota”, “Imom at-Termiziy”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, Surxondaryo viloyatidagi “Hakim Termiziy”, Xorazm viloyatidagi “Oxun bobo” va Farg‘ona viloyatidagi “Chiligijiyda” kabi masjidlarni alohida ko‘rsatish mumkin.
Shuningdek, yurtimizda 106 ta masjid to‘liq yangidan qurildi, 231 ta masjid kapital ta’mirdan chiqarildi. Bunday ulug‘vor ishlar diyorimizda shiddat bilan davom etmoqda.
Yana bir jihat, aslida masjidlarni yopish masalasi qandaydir mansabdor shaxsning vakolatiga kirmaydi, balki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 409-son qarori asosida ijro qilinadi. Shuningdek, masjid imom-xatibini ishga tayinlash va lavozimidan ozod etish masalasi ham O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Demak, huquqiy tamoyillarni inkor etish, O‘zbekiston aholisining haq-huquqlari, diniy qadriyatlari va ehtiyojlariga hurmatsizlik ko‘rsatishga hech kimning haqqi yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda