13:25 / 02.10.2019
4 070

Samarqandda 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Epica jarlikka quladi (video)

Samarqandda 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Epica jarlikka quladi (video)
1 oktyabr kuni soat 00:30 lar atrofida Samarqand shahar Ibn Sino ko‘chasida Epica rusumidagi avtomobil jarlikka quladi. Bu haqda Samarqand shahar IIO FMB YHXB ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1995 yilda tug‘ilgan D.D. ismli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan avtomobil boshqaruvni yo‘qotishi natijasida beton to‘siqqa borib urilgan va oqibatda jarlikka ag‘darilib ketgan.

Natijada haydovchi va salon ichida bo‘lgan, 1994 yilda tug‘ilgan A.D. ismli yo‘lovchi tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga davolanishga yetkazilgan.

Mazkur yo‘l transport hodisasi yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Epica jarlikka quladi (video)