O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 10-11 oktyabr kunlari Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan kompleks masalalarni muhokama qilish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Sammit yakunida bir qator hujjatlarni, jumladan, 2020 yilda MDHda raislikning O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi to‘g‘risida qaror, Strategik iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya, 1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining Hamdo‘stlik mamlakatlari xalqlari va xalqaro hamjamiyatga murojaati, 2020-2022 yillarda terrorizm va ekstremizmning boshqa zo‘ravonlik ko‘rinishlariga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti MDH sammitidagi ishtiroki doirasida Ashxobodda qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi