10:43 / 18.10.2019
2 983

Brakonerlardan olib qo‘yilgan qiymati 50 mln so‘mlik baliqlar qariyalar uyiga topshirildi

Brakonerlardan olib qo‘yilgan qiymati 50 mln so‘mlik baliqlar qariyalar uyiga topshirildi
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Xorazm viloyatida o‘tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbiri davomida Yangiariq tumani Chiqirchi qishlog‘ida yashovchi fuqarolar N.Qazaqov va E.Yo‘ldoshev tomonidan to‘rlar yordamida mazkur qishloq hududidagi Bo‘riyotoq tabiiy ko‘l suv havzasidan noqonuniy ravishda jami 244 dona turli baliq noqonuniy ovlanganligi aniqlangan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha oltita to‘r ashyoviy dalil sifatida vaqtinchalik saqlash uchun olib qo‘yilgan. Holat yuzasidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 50,175 million so‘mni tashkil qilgan.

Ushlangan baliqlar viloyat hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida tekshirilib, iste’molga yaroqli deb topilgandan keyin Urganch tumanida joylashgan «Xospis-muruvvat» qariyalar uyiga topshirilgan.

Hozirgi kunda mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, surishtiruv va tergov harakatlarini olib borish uchun to‘plangan hujjatlar Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Brakonerlardan olib qo‘yilgan qiymati 50 mln so‘mlik baliqlar qariyalar uyiga topshirildi