08:42 / 23.10.2019
2 485

Toshkentda jinoyatchi non ichida narkotik olib o‘tishga harakat qildi

Toshkentda jinoyatchi non ichida narkotik olib o‘tishga harakat qildi
20 oktyabr kuni Toshkentning Bektemir tumanidagi YPX postida YHXB YPX xodimlari, kinologiya xizmati va IIBB PPXB xodimlari tomonidan “Damas” rusumli avtomobil to‘xtatildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

"Tekshiruv davomida 47 yoshli Maxmud M.ning yonidan qora sumkada sellofanga o‘ralgan va ikkita buxanka noni ichiga yashirilgan narkotik vositasi – marixuana topildi", - deyilgan xabarda.

Holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda jinoyatchi non ichida narkotik olib o‘tishga harakat qildi