
- Kimlar imtiyozli ishga joylashish huquqiga ega?
Saida Azimova. Samarqand shahridan.
Muhammadamin Karimjonov, huquqshunos:
- O‘zbekiston Rensublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, aholining ayrim toifalariga ishga joylashishlari uchun alohida kafolatlar berib o‘tilgan. Ya’ni bularga o‘rta maxsus kasb xunar ta’lim muassasasini tamomlagan yoshlar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tugatgan yoshlar, bundan tashqari ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan hamda mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar, shu jumladan 14 yoshga to‘lmagan bolalari bor, yoki nogiron bolalari bor yolg‘iz otalar, yolg‘iz onalar, shu jumladan nogironlar, pensiya yoshiga yetganlar kiradi. Bundan tashqari jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ham ishga joylashishda alohida imtiyozlar belgilab o‘tilgan.
- O‘qituvchiman, bir o‘quvchim muntazam ravishda dars qoldiradi, bir necha marotaba ota onasini ogohlantirishimga qaramasdan, ota onasining o‘zi farzandini o‘qishga junatmaydi, farzandini dars vaqti qishloq ishlari bilan band qiladi. Bu ota ona uchun ma’muriy javobgarlik bormi?
Hakimjon Parpiyev Qashqadaryo viloyatidan
Furuzbek Xudoyqulov, huquqshunos:
- Albatta ma’muriy javobgarlik bor. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47 moddasi aynan shunga bag‘ishlangan. “Bolalarni tarbiyalash, ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik” deb nomlanadi. Bu modda ikki qismdan iborat. Berilgan savolda ikkinchi qismi nazarda tutilgan.
Birinchi qismi: ota onalar, ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash, ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi bo‘lsa, ikkinchisida aynan savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob nazarda tutilgan, bolalarni majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi olishiga ota onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish.
Misol uchun olaylik ota ona o‘z farzandini maktabga qo‘ymayapti yoki litseyga qo‘ymayapti, o‘z o‘zidan ota-onalar shunga diqqat e’tibor berishlari kerakki, ular ma’muriy huquqbuzarlik sodir etayotgan hisoblanadi va tegishlicha aniqlangandan so‘ng ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Masalan, eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga asos bo‘ladi.
- Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual Kodeksining bir biridan qanday farqi bor?
Dilshod Narimonov. Toshkent shahridan
Mohigul Qodirova, huqushunos:
- O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi qilmishning jinoiyligini aniqlaydi va buning uchun jinoiy javobgarlik choralarini belgilab beradi, ya’ni qilmishning jinoyat yoki jinoyat emasligini aniqlaydi va uning turlarini belgilab o‘tib va shu asnoda uning uchun jinoiy javobgarlik- jazo choralarini ham o‘zining sanksiyasida belgilab beradi.
Jinoyat Protsessual Kodeksi esa qilmish-jinoyat sodir etilgandan so‘ng, jinoyat ishini qo‘zg‘atish, surishtiruv, dastlabki tergov yuritish va sud muxokamasida shaxsning aybdor yoki aybsiz ekanligini aniqlash, isbotlash jarayonini amalga oshiradi, tartibini belgilab beradi va buning uchun Jinoyat Kodeksida belgilangan jazoni protsesda qo‘llanilishini belgilab beradi, ya’ni hukm chiqarilishi bilan shaxsga jinoyat sodir etgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining muayyan moddalarini protsesda qo‘llanilish tartibini belgilab beradi.
Ishga JoylashishMa’muriy JavobgarlikTa’lim BerishJinoyat KodeksiHuquqshunosO‘zbekiston Respublikasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar