date

“Chelsi” “Ayaks”ni yirik hisobda taslim qildi

“Chelsi” “Ayaks”ni yirik hisobda taslim qildi

UEFA Chempionlar Ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan “Chelsi” va “Ayaks” jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda londonliklar jon kuydiruvchi o‘yin namoyish etdi. “Stemford Bridj” stadionida o‘tgan o‘yinda “Chelsi” 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollar mualliflari quyidagicha:

• Nikolas Jekson 18-daqiqada hisobni ochdi

• Moyses Kaysedo 27-daqiqada ikkinchi golni urdi

• Enso Fernandes 45+1-daqiqada penaltidan aniq zarba yo‘lladi

• Estevan Vilyan 45+6-daqiqada yana bir penaltini golga aylantirdi

• Tayrik Jeyms 48-daqiqada beshinchi golni urdi

“Ayaks”ning yagona goli Vaut Vegxorst tomonidan 33-daqiqada penaltidan kiritildi.

Kennet Teylor 17-daqiqada qizil kartochka oldi va “Ayaks” katta qismni bir kishi kam o‘ynadi.

Statistika:

• Udralar: Chelsi – 17, Ayaks – 2

• Darvozaga aniq zarbalar: Chelsi – 9, Ayaks – 1

• To‘pga egalik: Chelsi – 60%, Ayaks – 40%

• Passlar: Chelsi – 539, Ayaks – 252

• To‘g‘ri paslar: Chelsi – 94%, Ayaks – 90%

• Burchak zarbalari: Chelsi – 11, Ayaks – 0

• Qizil kartochka: Ayaks – 1

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Chelsi” “Ayaks”ni yirik hisobda taslim qildi