date

Sifatsiz yoqilg‘i aniqlangan AYOQSHga 15,8 mln so‘m jarima

Sifatsiz yoqilg‘i aniqlangan AYOQSHga 15,8 mln so‘m jarima
Jizzax viloyatidagi yoqilg‘i sotish shoxobchasi sifat talablariga javob bermaydigan neft mahsulotlarini sotgani uchun javobgarlikka tortildi, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zenergoinspeksiya”ning Jizzax hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida “A.G.O.” MCHJga qarashli avtoneft quyish shoxobchasida Ai-92 markali avtobenzindan namunalar olingan. Laboratoriya tahlili natijasida ushbu yoqilg‘i davlat standarti talablariga mos kelmasligi, ya’ni sifatsiz ekani aniqlangan.

Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, amaldagi qonunchilik — O‘zbekiston Respublikasining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 940-sonli Qonunining 43-moddasi asosida ushbu AYOQSHga nisbatan chora ko‘rilgan. Korxona realizatsiya qilgan benzin qiymatining yarmi miqdorida — 15,8 million so‘m jarima to‘lashga majbur etilgan.

Shuningdek, nazorat organi shoxobchaga qo‘shimcha ko‘rsatma berib, sifatsiz benzin qoldiqlarini sotuvdan olib tashlash va uning sifatini qayta tiklash bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirishni talab qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifatsiz yoqilg‘i aniqlangan AYOQSHga 15,8 mln so‘m jarima