Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi boshqarmalarda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqonobodlik rahbarlarga o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqda kutubxona qurish talabini qo‘ydi. Bu haqda hokimning Dehqonobodga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi, deb yozadi Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati.
— Bugungi kunda viloyatdagi katta boshqarmada faoliyat yurityapsiz, bu quvonarli, ammo tuman uchun — tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ingiz uchun nimadir qildingizmi, – deya savol berdi viloyat hokimi rahbarlarga qarata. – Kutubxonani qayerdandir o‘g‘irlab kelingan pulga emas, o‘z nomingizga olingan kredit mablag‘i evaziga qurasiz, kutubxona uchun bankdan nomingizga kredit olingan yoki olinmaganligi bilan shaxsan o‘zim qiziqaman, — degan viloyat rahbari.
Yig‘ilishda, shuningdek viloyatdagi 16 ta tijorat banklariga dehqonobodlik tadbirkorlarni topib, tuman uchun esda qolarli ish qilish talabi ham qo‘yildi.
Hokimlik axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, “O‘zsanoatqurilishbank”ning viloyat filiali tumandagi bog‘chalar uchun artizan kovlab, suv chiqarib berish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda respublikamiz tijorat banklarida yillik o‘rtacha 30 %dan kredit mablag‘lari berilmoqda.
Viloyat hokimi viloyatning chekka qishloqlarida quriladigan kutubxona o‘zining xarajatlari, jumladan elektr to‘lovi, mol-mulk solig‘i, yer solig‘idan tashqari yiliga 30 %lik bank kreditini ham qoplashi kerakligi haqida o‘ylab ko‘rganmikan? Kutubxonani qurdirgan davlat amaldori ushbu to‘lov va xarajatlarni qoplash uchun kutubxonani pulli qiladimi yoki xalq uchun bepul qilinadigan kutubxonaning xarajatlari amaldorning peshona terisi bilan topilgan oylik maoshi hisobidan qoplanadimi? Xabarda bu savollarga aniqlik kiritilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi