Joriy yilning 24 noyabr kuni Navoiy shahri Me'morlar ko’chasida yashovchi 1971 yilda tug’ilgan fuqaro Z.O’. ismli ayol IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.
U 2018 yil dekabr oyida Karmana tumani Navro’z mahallasida yashovchi 1967 yilda tug’ilgan fuqaro I.M. mahalladoshi, 1963 yilda tug’ilgan fuqaro Sh.Yu. ismli ayolga tegishli Navoiy shahri Agronomlar ko’chasida joylashgan dala hovlisini Z.O’.ning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, firibgarlik yo’li bilan undan 10.000 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o’z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida I.M. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi