11:25 / 09.01.2020
2 612

O‘rta Chirchiqda yirik yong‘in ro‘y berdi

O‘rta Chirchiqda yirik yong‘in ro‘y berdi
Foto: FVV matbuot xizmati
Joriy yilning 8 yanvar kuni soat 16:10da Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Gulzor MFYda joylashgan «Izza Bobur» oilaviy korxonasiga qarashli yangi qurilayotgan omborxona binosida yong‘in bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

FVV xabariga ko‘ra, voqea joyiga 6ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 16:26da yetib borgan. Aytilishicha, eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 15 km. ni tashkil etadi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 16:40da o‘rab olindi va soat 17:05da o‘chirildi. Buning natijasida, alangada qolgan binoning 300 kv. m. maydoni saqlab qolingan. Ammo, omborxona binosining 190 kv. m. maydonida sintepon qurilish mahsuloti va tom qismi yongan.

Mazkur hodisaning taxminiy sababi, sintepon qurilish mahsulotini bir biriga fen yordamida ulanishida ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan. Tan jarohati va halok bo‘lganlar qayd etilmadi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘rta Chirchiqda yirik yong‘in ro‘y berdi