17:48 / 29.01.2020
3 467

Buxoroda Prezidentimizning 5 tashabbus ijrosi borasida "Kitobxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi

Buxoroda Prezidentimizning 5 tashabbus ijrosi borasida "Kitobxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi
2020 yil 25 yanvar kuni Buxoro Davlat Universitetida Prezidentimizning 5 tashabbus ijrosi borasida "Kitobxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi. Unda professor Zarifboy Ibodullayevning "Asab va ruhiyat" kitobining 4-nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro Davlat Universiteti, Buxoro Davlat tibbiyot instituti, Qarshi Davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va 200 dan oshiq talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni professor Baratov Sh.R. ochib berdi va "Asab va ruhiyat" kitobining barcha nashrlari va muallifning boshqa asarlari haqida ma’lumot berdi. Tadbirda, shuningdek, prof. Jabborov A.M., Muxtorov E.M. lar nutq so‘zlashdi.

Bo‘lajak psixolog-talabalar "Asab va ruhiyat" kitobida yoritilgan asab va ruhiyat buzilishlari va inson psixologiyasiga oid ma’lumotlar haqida qiziqib so‘zlab berishdi. Ushbu tadbir Buxoro Davlat Universiteti rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda Prezidentimizning 5 tashabbus ijrosi borasida "Kitobxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi