«Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Respublika biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti o‘rniga identifikatsiyalash ID-kartalarini berish tizimini joriy etiladi.
Bunda:
- shunga o‘xshash tizimlarning joriy etilishi va uning elektron hukumat tizimlariga integratsiyasi bo‘yicha xorijiy tajribani hisobga olgan holda, loyihaoldi o‘rganishni o‘tkazish;
- loyihani amalga oshirishni boshlash maqsadida texnik-loyiha va me’yoriy hujjatlarni, jumladan standartlarni tayyorlash;
- davlat organlarining texnologik infratuzilmasini, jumladan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, apparat-dasturiy ta’minot tizimlari va boshqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish;
- yangi tug‘ilgan barcha shaxslarga va 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) biriktirish, barcha jismoniy shaxslarga elektron ko‘rinishdagi davlat xizmatlari ko‘rsatish va ularni identifikatsiya qilish uchun farzandlarni ota-ona ma’lumotlari bilan bog‘lash nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar — Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi
Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi
Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi
Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi
Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi
Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi