Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tez tibbiy yordam xodimlari uchun maxsus xizmat formasini joriy etish haqida petitsiya e’lon qilindi.
“Taklifim - tez tibbiy yordam xodimlari (vrach, feldsher kabi) uchun maxsus yagona xizmat formasini joriy etish kerak”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bildirilishicha, buni quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
- birinchidan, ishlash uchun qulaylik va samaradorlik yaratish uchun (tez yordam xodimlari doimiy turli xil sharoitlarda ishlashlariga to‘g‘ri keladi;
- ikkinchidan, bu forma xodimga imtiyoz berishi kerakki, tibbiyot xodimiga bo‘layotgan tajovuzlar kamayishi lozim;
- uchinchidan, rivojlangan davlatlarning barchasi bunday formalardan tez tibbiy yordamda foydalanish tajribasi mavjud. Chunki ko‘plab davlatlarda tez tibbiy yordam xodimlarining xizmat formasi turli yuqumli kasalliklardan saqlanish imkoniyatini ham berishi kerak;
- to‘rtinchidan, yupqa oq xalat tez tibbiy yordam xodimi uchun noqulay forma ekani aytiladi.
“Shu sababli, tez tibbiy yordam xodimlari (vrach, feldsher kabi) uchun maxsus yagona xizmat formasini joriy etishni taklif etaman. Ushbu taklifning amalga oshirilishi sog‘liqni saqlash sohasi imijini yanada oshirib, tez tibbiy yordam xodimlariga bo‘layotgan zo‘ravonliklarni kamaytirishga va ularni turli yuqumli kasalliklardan saqlashga imkoniyat yaratadi”, - deyiladi petitsiyada. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi