18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari oxirgi yillarda izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Turli darajada samarali muloqotlar yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 45 foizga ortdi. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim, madaniyat va turizm sohasidagi almashinuvlar kengaymoqda.
Peter Siyyarto samimiy qabul uchun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy, jumladan, Yevropa ittifoqi bilan muloqot formatidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Vengriyaning yetakchi kompaniyalari ilg‘or tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ularni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Hududlararo aloqalarni rivojlantirish, bank, transport sohalariga oid dasturlarni amalga oshirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi, deyilgan ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi